MYU "Byornli"ga mag'lub bo'lsa Mourinyo iste'foga chiqariladi

Aslanov Jasurbek
29 avg 2018, 11:31
"Manchester Yunayted" futbolchi va xodimlari jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyoning ehtimoliy iste'fosini muhokama qilishmoqda.

"Brayton" va "Tottenxem"ga qarshi bahslardagi mag'lubiyatlardan so'ng portugaliyalikning ishdan haydalishi haqidagi mish-mishlar kuchayib ketdi.

"Ular Joze tez orada haydalishini aytishdi. Boshqalarning fikricha, MYU "Byornli"ga mag'lub bo'lsa iste'fo yuz berar ekan.

Bunday voqealar avval ham bo'lgan. Klub Jozeni qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi, ammo van Gal bilan nima bo'lganini bilasiz. Futbolchilar Zidan bosh murabbiy bo'lishini muhokama qilishmoqda" - deydi nomi oshkor qilinmagan manba.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail