MYU boshqa klub bilan kelishib qo'ygan Fofanaga qiziqish bildiryapti

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2024, 01:20
"Manchester Yunayted" Yussuf Fofanaga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, mankunianlar "Monako" yarim himoyachisini kuzatib borishmoqda. Biroq Fofana "Milan" bilan 4 yillik bitim borasida kelishib bo'lgan. Endi "rossonerlar" Liga 1 jamoasini ko'ndirsa bo'lgani.

Fofana so'nggi mavsum Fransiya chempionatining 32ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport