

23 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Mankunianlar bosh murabbiyi Joze Mourinyo hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi va Belotti hamda "Atletiko" forvardi Antuan Grizmanni asosiy nomzodlar sifatida ko'rmoqda. MYU rahbariyati "Torino" vakillari bilan bog'lanishga ulgurdi.
31 ta uchrashuvda 25 ta gol urgan Belotti shartnomasidagi badal puli 100 mln. evro.


