

Inglizlar Yevropa ligasi pley-offining javob o'yini doirasida "Barsa"ni 2:1 hisobida mag'lub etishdi.
MYU 2008 yildan beri rasmiy o'yinlarda "Barselona"ni yuta olmay kelayotgandi. O'shanda manchesterliklar Chempionlar ligasi yarim finalida 1:0 hisobida g'alaba qozonishgandi.
Shundan so'ng "Barselona" ketma-ket to'rtta o'yinda yutdi. Ularning 2 tasi YCHL finalida sodir bo'ldi. Shuningdek, o'tgan hafta Yevropa ligasi doirasidagi ilk o'yinda durang qayd etilgandi.



