Mxitaryan "Roma" bilan kelishuvini yana bir yilga uzaytirishga tayyor

Sherzod Nurmatov
24 apr 2022, 20:53
Rimliklar xavbeki Genrix Mxitaryan katta ehtimol bilan jamoada qoladi.

Bu haqda Rim klubi direktori Tiago Pinto xabar berdi.

"Mxitaryan bilan bitimni uzaytirish borasida hech qanday muammo yo'q. Biz hamkorlikni davom ettirmoqchimiz", – dedi Pinto.

33 yoshli armanistonlikning amaldagi shartnomasi shu yilning iyuniga qadar amal qiladi. Aytishlaricha, tomonlar uni yana bir mavsumga uzaytirishadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: DAZN