Mxitaryan MDH va Boltiqbo'yi mamlakatlarining 2013 yildagi eng yaxshi futbolchisi!

Narzulla Saydullayev
6 mar 2014, 09:08
Dortmundning “Borussiya” klubi hamda Armaniston terma jamoasi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan qatorasiga ikkinchi bor “Zvezda” sovrinini qo'lga kiritdi.
“Sport-Ekspress” tomonidan har yili ananaviy tarzda o'tkazib kelinadigan ushbu sovrin Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi va Boltiqbo'yi mamlakatlarining eng yaxshi yil futbolchisiga topshiriladi.

Kecha Mxitaryan bu sovrinni Rossiya – Armaniston (2:0) terma jamoalari o'rtasida o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng qabul qilib oldi.

Eslatib o'tamiz, bu sovrin 2004 yili tasis etilgan bo'lib, ikki marta Andrey Shvchenko, uch bor Andrey Arshavin, bir martadan esa Igor Akinfeev, Aleksandr Kerjakov va Andreyu Voroninga topshirilgan. Shevadan so'ng endi Mxitaryan ham o'ziga xos dubl sohibiga aylandi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com