Mxitaryan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'ynay oladimi?

Aslanov Jasurbek
28 apr 2018, 14:55
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger jamoa yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanning holati va "Manchester Yunayted"ga qarshi APL o'yinida maydonga tushishi haqida gapirdi.

Armanistonlik futbolchi SSKAga qarshi Yevropa ligasi 1/4 final ilk o'yinida (4:1) jarohat olgan edi va o'shandan beri hozirgacha maydonga tushgani yo'q.

"Bizda yangi muammolar yo'q. Mxitaryan o'yinga tayyor. El-Neni jarohatlangan, xuddi Kasorla kabi. Qolganlar bilan hammasi joyida" - deydi Venger.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com