Mxitaryan Yevropa ligasida safardagi qatorasiga to'rtinchi uchrashuvda gol urdi

Aslanov Jasurbek
14 apr 2017, 02:49
“Manchester Yunayted” himoyachisi Genrix Mxitaryan Yevropa ligasining chorak finalida safarda “Anderlext” darvozasini ishg'ol etib, o'yinda hisobni ochgandi.

Shu tariqa 28 yoshli futbolchi Yevropa ligasi bahslarida qatorasiga to'rtinchi uchrashuvda safarda “MYU” raqiblari darvozasini ishg'ol etib kelmoqda. Ilgari u “Rostov” (1:1), “Sent-Eten” (1:0) va “Zarya (2:0) uchrashuvlarida gol urishga erishgandi.

Mxitaryan- “MYU” tarkibida Ruud van Nistelroydan keyin Evrokuboklarda qatorasiga to'rtta uchrashuvda safarda gol urgan ikkinchi futbolchi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru