Muxtor Qurbonov: "Bunyodkor"dan ochko tortib olganimizdan xursandman"

Narzulla Saydullayev
16 avg 2015, 20:59
"Sho'rtan" - "Bunyodkor" (0:0) uchrashuvidan so'ng maydon egalari ustozi o'z fikrlarini bildirdi.

"Bunyodkor"dan ochko tortib olganimizdan xursandman. Ikkinchi davrani yaxshi boshladik va shu ruhda davom ettirishga harakat qilamiz.

Darko Stanoevich va Umar Eshmurodov mavsumdagi o'zlarining 4-sariq kartochkalarini olishdi. Endi ular keyingi turda "Dinamo"ga qarshi maydonga tusha olishmaydi.

Xatolarimiz ustida ishladik va bartaraf etishga harakat qildik. Bu esa ikkinchi davrada bizga qo'l kelmoqda", - deydi Qurbonov.



"Bunyodkor" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia