Navbahor mutasaddilari Bayramovning qadli jamoasida murabbiy sifatida ham ishlashi uchun unga imkoniyat berishdi. Mana ko'p yillardan buyon Mustafo Jeferovich Namangan jamoasi murabbiylar shtabida mehnat qilib kelmoqda. Bayramovda A toifadagi murabbiylik licenziyasi borligi unga juda qo'l kelmoqda deyish mumkin. Chunki ushbu licenziya tufayli murabbiy hamon klubdagi faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Oxirgi besh yilni oladigan bo'lsak, mazkur jamoada ko'plab murabbiylar ishlab ketdi. Ularni har birini sanayotganda ochig'i, adashib ketasan kishi. Hattoki klub rahbariyati barqarorlikka erishish maqsadida xorijdan ham murabbiylar olib kelishdi. Ularda kerakli licenziya yo'qligini Mustafo Bayramov bilintirmadi. Sababi kerakli licenziyaga ega bo'lmagan bosh murabbiy qog'ozda maslahatchi yoki katta murabbiy sifatida ko'rsatildi. Bosh murabbiy sifatida esa qog'ozda Mustafo Bayramov gavdalandi. Ochig'i, bu birgina Navbahor bilan bog'liq xolat emas. Boshqa klublarda ham shunga o'xshash vaziyatni ko'rish mumkin.
Bu yilgi mavsumga Usmon Asqaraliev boshchiligida tayyorgarlik ko'rgan Navbahor chempionatning dastlabki o'yinlarida qoniqarli natija qayd eta olmadi. Oqibatda Asqaraliev sog'ligi borasida shikoyat qilib, shifoxonaga yotib oldi. Shundan so'ng boshqaruvchilik to'laligicha Bayramovning qo'liga o'tdi. Ammo oraliq tanaffusda klub rahbarlari murabbiylar shtabiga Robert Gayni olib keldi. Shundan so'ng ko'pchilik bosh murabbiylik amalda Gayning gardagina yuklatilganligi to'g'risida fikrlay boshladi. Ammo qog'ozda hanuz Mustafo Bayramov bosh ekanligi ko'rsatilmoqda.
Mustafo Jeferovich bilan o'zaro munosabatlarimiz yaxshi ekanligi sababli murabbiy bugun shaxsiy qo'l telefonimga to'satdan qo'ng'iroq qildi...
- Yaqinda, aniqrog'i 10 avgust kuni Kosonsoyda bo'lib o'tgan Navbahor Neftchi bahsini bevosita stadionda kuzatish maqsadida o'yinga borganimizda, bir narsa e'tiborimizni tortmasdan qo'ymadi. Yani, o'yin paytida Robert Gay bosh murabbiylarga xos tarzda kiyinib, maydon chetida yigitlarga o'zi ko'rsatma berib turdi. Boz ustiga tanaffus paytida kiyinish xonasiga ham futbolchilarni Gay olib kirib ketdi. Siz esa bu vaqtda zaxirada futbolchilar bilan mashg'ulot o'tkazardingiz. Tabiiyki buni ko'rgan har qanday muxlis ham amaldagi bosh murabbiy Robert Gay ekanligini tushunib etadi.
- Bilasizmi, o'yinga Robert Sergeevich ko'ylak, shim va tufli kiyib keladi. Shuning uchun qanday qilib u bunday xolatda maydonga tushib, zaxira futbolchilari bilan mashg'ulot o'tkazdi! Gay Navbahorda katta murabbiydir! Bosh murabbiy esa menman! Tanaffus chog'ida o'yinchilarga kiyinish xonasida Gay ko'rsatma berayotganida, zaxiradagi yigitlarni o'zini tashlab ketmasdan, ular bilan men shug'ullaman. Muxlislar nima deb o'ylashsa, o'ylayverishsin.
- Qayerda ko'rgansiz, katta murabbiy kostyum shimda, bosh murabbiy sport kiyimlarida o'yinga kelganini?!
- Aytdimku, Gay shunday kiyinadi deb! Balki bu uning imidji bo'lishi mumkin. Bu borada undan so'raganingiz maqul. Menga kostyum-shim kiyib, galstuk taqish yoqmaydi. Shuning uchun doim sport kiyimlaridan foydalanaman. Yana qaytaraman, Navbahorda bosh murabbiy menman!
Islombek Rustambekov

- Negadir, oxirgi paytlarda OAVda Navbahor bosh murabbiyi sifatida Robert Gayni aytishmoqda, deya gap boshladi Mustafo Bayramov. Vaholanki, aslida jamoada bosh murabbiy menman!