Mustafi "Arsenal"ga o'tishga yaqin turibdi

Aslanov Jasurbek
11 avg 2016, 16:17
"Valensiya" himoyachisi Shkordan Mustafi faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin.

Bu haqda futbolchining agenti Ali Bulut ma'lum qildi.

"Mustafi va "Arsenal" kelishuvga erishdi. Endi klublar transfer borasida bir qarorga kelishi kerak" - deydi Bulut.

Mustafi so'nggi masumda Ispaniya chempionatining 30 uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Spox