Musiala belidagi muammolar tufayli Germaniya terma jamoasi lagerini tark etdi

Оқил Абдубарноев
7 sen 2023, 23:28
Germaniya terma jamoasi futbolchisi Jamol Musialaning belidagi jarohati bezovta qilmoqda.

Yarim himoyachi terma jamoa lagerini tark etdi, shu sababli Yaponiya (9 sentyabr) va Fransiya (12 sentyabr)ga qarshi o'yinlarda maydonga tushmaydi.

Qolaversa, 20 yoshli futbolchi “Bavariya”ning Bundesligada “Bayer” (15 sentyabr) va Chempionlar ligasi doirasida “Manchester Yunayted” (20 sentyabr)ga qarshi o'yinlarda ishtirok etishi hozircha ma'lum emas.

Eslatib o'tamiz, Musiala o'tgan mavsum Bundesliganing 33 o'yinida 12 gol urdi va 10 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: fcbayern.com