"Bavariya" yulduzi mashg'ulotlarga qaytdi

Sherzod Nurmatov
24 okt 2025
"Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala maydonga qaytishga yaqin va tez orada jamoasiga yordam bera oladi.

Myunxen klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, Musiala oyog'ining sinishidan tuzalib, mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Germaniyalik futbolchi yozda PSJga qarshi Klublar o'rtasidagi JCH o'yinida olgan jarohatidan keyin birinchi marta maydonga qaytdi. Jarohatdan so'ng u operaciya qilingan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com