Musaev va Maqsudov U-13 terma jamoasiga nomzodlarni kuzatadi

Narzulla Saydullayev
26 noya 2015, 16:11
2002 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat terma jamoaga nomzodlar geografiyasini kengaytirish va o'yinchilarni kuzatish ishlari boshlab yuborildi.

Noyabr oyida Toshkentda ikkinchi yig'inini o'tkazgan terma jamoada hozircha jami 48 nafar futbolchi ko'zdan kechirildi. Nomzodlarni doimo kuzatib borish, yangi iqtidorlarni aniqlash uchun bosh murabbiy Ahmadjon Musaev va jamoa menejeri Shuhrat Maqsudov mamlakatimiz bo'ylab selekciya safarini boshlashmoqda.

Shu kunlarda Farg'ona vodiysida Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatidagi yosh o'yinchilar harakatlarini kuzatadigan mutaxassislar dekabr oyida boshqa viloyatlarda bo'lib o'tadigan uchrashuvlarda futbolchilarni ko'zdan kechirishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com