

"Men darvozabonman, vazifam darvozamni goldan saqlash. 120 daqiqa davomida o'z darvozam dahlsizligini saqlab qoldim. Penaltilar seriyasida ham jamoamga yordam berishga urindim. Men o'zimning ishimni bajardim xolos. Rashidov biz bilan ikki yildan buyon o'ynamayapti, shu bois uning qanday zarba berishini bilmasdim. Shunchaki tavakkal qilib bir tomonga sakradim va to'pni qaytardim. "Bunyodkor" qatorasiga 10-marta OCHL guruh bosqichiga chiqqani bilan tabriklayman", - deydi Murodjon Zuhurov.
"Bunyodkor" matbuot xizmati




