Murodjon Zuhurov: "Darvozabonlarga ham e'tibor paydo bo'lganidan xursandmiz"

Narzulla Saydullayev
19 apr 2018, 12:26
"Bunyodkor" darvozaboni Murodjon Zuhurov PFL talqiniga ko'ra mart oyining eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

Biz darvozabonning fikrlari bilan qiziqdik.

"E'tibor uchun rahmat. Birinchi marta o'tkazilayotgan taqdirlash marosimida birinchi bo'lganimdan xursandman. Bu birinchi navbatda jamoadoshlarimning ko'magi. Shunday davom etishni xohlayman. Keyinchalik ham shunday sovrinlar olishga urinamiz. Har doim hujumchilarga e'tibor katta bo'lardi, endi darvozabonlarga ham o'zlarini ko'rsatish uchun imkoniyat yaratishadi. O'tgan oyda Botirali Ergashev va Eldorbek Suyunov kabi darvozabonlar menda yaxshi taassurot qoldirdi", - deydi mart oyining eng yaxshi darvozaboni Murodjon Zuhurov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia