Murod Bobojonov: “Bizni Namanganda katta o'yin kutyapti”

Narzulla Saydullayev
8 avg 2016, 08:30
“Neftchi” hujumchisi Murod Bobojonov “Navbahor”ga qarshi bo'lib o'tadigan navbatdagi “Vodiy derbisi” avvalida “Neftchi” PFK matbuot xizmatiga intervyu berib o'tdi.
- Bizdan avvalgi paytlarda ham Vodiyda “Navbahor” hamda “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi o'yinlar keskin kurashlarga boy bo'lib kelgan. Bu safar ham shunday bo'lishi aniq deb ayta olaman. 8 avgust kuni Namangandagi stadionda haqiqiy futbol muhiti xukmrolik qilishi shubhasizdir. Bizni safarda katta o'yin kutyapti. Albatta o'z muxlislarimizni xursand qilib, Namangandan g'alaba bilan qaytishga harakat qilamiz, - dedi Bobojonov.

“Neftchi” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia