Mundo Deportivo: Beylning transferi "Real"ga aslida 265 millon evroga tushgan

25 yanv 2014, 17:25
"Tottenxem" yarim himoyachisi Garet Beylni o'z safiga qo'shib olish uchun qilingan barcha harajatlar "Real"ga avval boshida ma'lum qilinganidan ikki yarim barobar qimmatroqqa tushgan, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.

Manbaning ma'lum qilishicha, 24 yoshli uelslik futbolchining transferi, uning maoshi, sug'urtasi va agentiga berilgan turli to'lovlar bilan birga hisoblaganda "Real"ga 265 million evroga tushgan.

Takidlash kerakki, "Real" ushbu kelishuvning shartlarini rasman hech qayerda e'lon qilmay, sir saqlab kelayotgandi. Yevropa parlamenti a'zosi Derk Yan Eppink futbolchi va klub o'rtasidagi kelishuvni taftish etish uchun Evro-komissiyaga murojaat qilishini ma'lum qilgandi.

Eslatib o'tamiz, shu kunlarda Neymarning "Barselona"ga o'tishi bilan bog'liq transfer jarayoni ham tekshirilib, aslida braziliyalik hujumchi uchun "Barselona" 130,2 million evro sarflagani oshkor bo'lgandi.


Manba: sports.ru