Muhammadziyohiddin Mirzaev: "Imkon" asosan 2000-2001 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat"

Narzulla Saydullayev
21 mar 2019, 08:58
Oltiariqning “Imkon” va Farg'onaning “Istiqlol” jamoalari o'rtasidagi nazorat uchrashuvidan so'ng, “Imkon” klubi rahbari Muhammadziyohiddin Mirzaev saytimizga intervyu berdi.

- “Imkon” futbol klubi 2003 yilda tashkil topgan. Ayrim sabablarga ko'ra jamoamiz faoliyati vaqtincha to'xtatilgan edi, yaqinda qaytadan shakllantirdik. Klubimiz o'z stadioniga ega. Homiylarimiz ko'magi ostida hozirgi kunda stadionimiz qaytadan ta'mirlanmoqda. Joriy mavsumda o'z oldimizga futbol bo'yicha Farg'ona viloyati birinchiligida munosib ishtirok etishni niyat qilganmiz. Shuningdek yaqinda bo'lib o'tadigan “Navro'z kubogi” musobaqalarida ham qatnashish rejamizda bor.

Hozirgi kunda asosiy e'tiborimizni jamoamizni qaytadan shakllantirishga qaratganmiz. Kelajakda “Imkon” klubi qoshida futbol maktabi tashkil etmoqchimiz.

Jamoamiz asosan 2000-2001 yillarda tug'ilgan yosh futbolchilardan iborat. Jamoamizning uy uchrashuvlarini o'tkazadigan stadioni “Imkon arena” deb nomlangan bo'lib, bu stadion o'z bag'riga o'n ming tomoshabinni sig'dira oladi. Jamoamiz bosh murabbiyi ilgari ham bizda ishlagan Kamol Jo'nashev hisoblanadi, unga Dilshod Rayimjonov yordamchi murabbiy sifatida yaqindan yordam beradi – deydi Muhammadziyohiddin Mirzaev.


Bekzod Tolibov yozib oldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia