

Mazkur bahsning ilk daqiqalaridanoq shporlar a'zosi Muso Sissoko o'z jarima maydonida to'pni qo'li bilan o'ynagan deb hisoblagan bosh hakam, Ugo Loris darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrlik nuqtadan esa qizillar forvardi Muhammad Saloh unumli foydalanib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Shu tariqa, Saloh YCHL finallari tarixida gol urgan birinchi misrlik futbolchiga aylandi.




