MTJ lageridan darak: Shukurov o'rniga Aziz Haydarov

26 mar 2016, 22:42
O'zbekiston terma jamoasining yarim himoyachisi Aziz Haydarov diskvalifikaciyasi tufayli Filippinga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgandi.


"Bunyodkor" yarim himoyachisi Otabek Shukurov terma jamoa lagerini tark etdi. Uning o'rniga Bahraynga qarshi uchrashuvga Aziz Haydarov tayyorgarlik ko'radi.

Haydarov ogohlantirishlari soni ikkita bo'lgani sababli Filippinga qarshi o'yinda ishtirok eta olmagandi. Haydarovning o'rnini o'shanda Shukurov to'ldirgandi. Filippin bilan bo'lib o'tgan bahsdan so'ng Otabek Shukurov o'z klubi ixtiyoriga qaytdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia