

Futbolchining angliyaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, o'yinchi Parij klubida ayni damda ijara asosida o'ynaydi.
PSJ 21 yoshli forvardning agenti Mino Rayola bilan muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar 5 yillik shartnoma bo'yicha muloqot qilishmoqda. "Everton" Kinni 40-50 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Italiyalikning o'zi PSJda qolmoqchi.
Kin joriy mavsum PSJ libosida 36ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol urishga erishdi.



