

Moyes 2016 yilda “qora mushuklar”ga bosh murabbiy etib tayinlangandi. Jamoa joriy mavsum yakunlariga ko'ra APLni tark etdi.
“Menga ishonch bildirgan klub rahbariyati hamda muxlislarga cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman. “Sanderlend”ning imkon qadar tezroq APLga qaytishini tilab qolaman. Mening o'rnimga keladigan murabbiyga ham omad tilayman”, - dedi Moyes tashkil etilgan maxsus matbuot anjumanida.




