Moutinyu 2:4 haqida: "Germaniya bizdan ustun keldi"

Sherzod Nurmatov
20 iyun 2021, 02:05
Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Joau Moutinyu Germaniyadan uchralgan mag'lubiyat (2:4) haqida fikrini bildirdi.

"Biz xohlagan natija emas. 

Germaniya ustunlik qildi, ammo bu o'yinning ijobiy tomonlarini hisobga olishimiz kerak.

Germaniya – chiziqlar orasida ko'plab yaxshi futbolchilar o'ynaydigan ajoyib jamoa. Biz oradagi farqni qisqartirib, hisobni 2:4 qildik, keyin darvoza ustuni tomon zarba berdik. Ishlashda davom etishimiz kerak", – dedi Moutinyu.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com