Mourinyu “Tottenxem” futbolchisiga qo'ng'iroq qildi va uni “Roma”ga taklif qildi

Eldor Akmurzayev
12 yanv 2022, 09:15
“Tottenxem” yarim himoyachisi Tangay N'Dombele faoliyatini “Roma”da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Jyulen Maynarning xabar berishicha, rimliklar ustozi Joze Mourinyuning shaxsan o'zi fransiyalik futbolchiga qo'ng'iroq qilib, uni jamoasiga taklif qilgan. “Shporlar” esa uni sotishni o'ylamoqda, ammo xavbekni ijaraga olish imkoniyati ko'proq. NDombelega “Roma”dan tashqari “Napoli” ham qiziqmoqda.

Tangayning londonliklar bilan tuzgan shartnomasi 2025 yil yozigacha yuzilgan. U joriy mavsum APLda 9 o'yinda qatnashib, 1+1 natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com