

"The Telegraph" xabariga ko'ra, 59 yoshli mutaxassisga Portugaliya futbol federatsiyasi taklif bilan chiqqan, biroq murabbiy hali bunga javob bermagan.
Mourinyu klublardagi faoliyatini yakunlash niyatida emas. U Rimda qolib, klub bilan sovrinlar yutishni istamoqda. Mourinyu o'z javobini Evro-2024 saralash bosqichigacha aytish niyatida. Portugallar yirik turnir uchun kurashda Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Bosniya va Gertsegovina hamda Islandiya termalariga qarshi bahs olib boradi.
Portugaliyalik mutaxassisning "Roma" bilan kelishuvi 2024 yil yoziga qadar davom etadi.



