

Avvalroq Tebas "qaymoqranglilar" televideniesi nacistlar Germaniyasi targ'ibot vaziri Yozef Gebbels qo'llagan targ'ibot mexanizmlaridan foydalanmoqda, deb bayonot bergan edi. Keyinchalik Tebas ushbu so'zlari uchun jazolanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.
- Tebasning so'zlarimi? Iltimos, bu haqda so'ramang. Men bu mavzuda gapirishni xohlamayman. Muayyan chegaralar bor, ammo haqiqiy meyordan chiqish holatlari ham mavjud. Bunga keltirilishi mumkin bo'lgan yagona oqlov - agar bu klinik holat bo'lsagina o'rinli bo'lishi mumkin, aks holda hech qanday oqlov yo'q.
Madridliklar "Real"ning nimalarga duch kelayotganini tobora chuqurroq anglab etmoqdalar. Liganing xorijdagi obro'-e'tibori va Ispaniyaning amaldagi jahon chempioni ekanini hisobga olsak, bu gaplarni mamlakat tashqarisiga chiqarmasdan, o'z ichimizda ushlab turishga harakat qilganimiz maqulroqdir, - dedi Mourinyu Sport.es nashriga.


