

O'zbekiston MTJ sardori tibbiy ko'rikdan o'tish uchun “Speciya” qarorgohiga kelgani haqida xabar bergandik.
“Ha, Neapolga bir kishi kam bo'lib keldik.
Eldor – fantastik yigit, u o'ynashi kerak, ammo bu yerda unchalik ko'p imkoniyatlar bo'lmadi.
U 6 oylik ijaraga muhtoj va bunga loyiq. Hozir Eldor bizni tark etmoqda, balki yarim yildan keyin qaytib kelar. Bu bosqichda uning o'yin amaliyotiga ega bo'lishi muhim. Uning o'rniga kimnidir olamizmi? Yo'q, moliyaviy feyr-pley bunga imkon bermaydi”, degan portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Shomurodov rimliklar safida qatorasiga 6 o'yindan beri maydonga tushirilmayotgandi. U joriy mavsum klub miqyosida 8 uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol urishga erishdi.



