Mourinyu jamoasi birinchi marta bunday natijaga erishdi

Aslanov Jasurbek
6 okt 2018, 22:33
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu qiyin vaziyatda.

Portugaliyalik qo'l ostidagi "qizil iblislar" "Nyukasl"ga qarshi APLning 8-turidan o'rin olgan uchrashuvning birinchi o'n daqiqasida 2ta gol o'tkazib yuborishdi. Hozirgacha Mourinyu jamoasi hech qachon buncha vaqt ichida 2ta gol qo'yib yubormagan edi.

Oldinroq, Joze Mourinyu ushbu o'yindan so'ng iste'foga chiqarilishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: B/R Football