Mourinyo "Roma"ning durangidan so'ng nimalar dedi?

Aziz Tukhtamuradov
23 dek 2021, 07:54
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo A Seriyaning 19-turi doirasidagi "Sampdoriya"ga qarshi o'yinidan keyin (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi bo'limda har tomonlama muammoga uchradik. Jamoa to'liq moslasha olmadi. To'p yo'qotildi, tashabbus ko'rsata olmadi. Faqatgina Dzanolo kurasha oldi va vaziyatlarda to'g'ri harakat qildi. 

Ikkinchi taym yaxshiroq o'tdi. Kurash va pressing ham ko'p bo'ldi. Mxitaryanning poziciyasini o'zgartirib, vaziyatlar yarata boshladik, gol urdik. 

O'ynashni istamaydigan jamoaga qarshi o'ynash juda qiyin. Raqib ochko olish uchun qattiq harakat qildi. Bizda ishga noto'g'ri yondoshuv bo'lganligi, sifatli o'yin yetishmaganligi natijaga ta’sir ko'rsatdi. 

Abraham jarohat olgan vaziyatda undan qon oqayotganini ko'rdim. U yura olmayotgandi. Jarohat jiddiy deb o'ylamayman, ammo uning holati yaxshi emas", - dedi Mourinyo. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia