Mourinyo: "Pogbaning o'yinini biz emas, uning o'zi kuchaytirishi kerak"

Mirjalol Normatov
24 iyul 2018, 14:20
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo yarim himoyachi Pol Pogbaning jismoniy holati borasidagi savolga javob berdi.

"Pogbaning o'yinini biz kuchaytirishimiz kerak emas. Buni o'zi ko'rsata olishi kerak. Jahon chempionati - o'yin sifatini oshirish uchun ideal imkoniyat. Nima uchun? Chunki bu davrda futbolchi faqatgina futbol haqida o'ylaydi.

Mavsum davomida katta o'yinlar juda ko'p bo'ladi. Shunday pallada koncentraciyani yo'qotib qo'ymaslik kerak. Jahon chempionatida mas'uliyatni o'z qo'liga olganlar esa shunday bahslarda o'zini ko'rsata oladi", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN