Mourinyo: "O'tgan mavsumda hech kim kutmagan ishni amalga oshirdik"

Оқил Абдубарноев
21 sen 2022, 22:33
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo rimliklarning moliyaviy ahvoli borasida gapirdi.

"O'tgan mavsumda hech kim kutmagan ishni amalga oshirdik. Bu mavsumda biz bundan ham yuqori pog'onaga sakrashga harakat qilamiz. Biroq bizda chempionlikka raqobatchilar singari iqtisodiy salohiyat yo'q.

Joriy yozda transfer bozorida 7 million evro sarfladik, shunga qaramay, sifat, ishtiyoq va birgalikda mehnat qilishni yoqtiradigan futbolchilarga ega bo'ldik. Bu mavsum yakunidagi natija uchun juda muhim", dedi Mourinyo.

Joriy mavsumda “Roma” 7 turdan so'ng 13 ochko jamg'arib, A Seriya turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: fpf.pt