Mourinyo MYUga Italiya terma jamoasi himoyachisini taklif qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
16 may 2018, 12:30
Italiya terma jamoasi va "Milan" himoyachisi Leonardo Bonuchchi yozgi transfer oynasida klubini tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qizil iblislar" ustozi Joze Mourinyoning shaxsan o'zi Bonuchchi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. "Milan" 2017 yil "Yuventus"dan xarid qilgan pulidan kamga o'z sardorini sotmaydi. O'shanda rossonerlar Bonuchchi uchun 42 mln. evrodan voz kechgan edi.

Joriy mavsum 31 yoshli himoyachi A Seriyaning 34ta uchrashuvida ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport