Mourinyo: "MYU kuchli to'rtlikda? Mo'jiza"

Mirjalol Normatov
4 dek 2018, 00:27
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoasi mavsum yakunlariga ko'ra kuchli to'rtlikka kirishi qiyin ekanligini aytdi.

"Bizda  markaziy himoyachilar kam. Shu boisdan bu poziciyada o'ynay oladigan yarim himoyachilar bilan bu joyni to'ldirib turibmiz. O'tgan mavsumda ham aytgandim, MYUning 2-o'rinda yakunlashi juda qiyin deb. Chunki kuchli to'rtlikdagi jamoalar juda kuchli o'yin ko'rsatayotgandi.

Bu mavsumda bizda muammolar ko'proq. Boshidanoq bu anchagina edi. Endi mavsum yakunlariga ko'ra kuchli to'rtlikda bo'lish mo'jizaga teng. Ammo harakat qilish kerak", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RMCSport