Mourinyo mag'lubiyatdan so'ng: "Jamoa o'z xatolari bilan kurashdi. Boshqa gapim yo'q"

Aziz Tukhtamuradov
29 yanv 2021, 08:11
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Liverpul"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Mening tahlilim shunday: biz o'yinni juda yaxshi boshladik, gol ofsayd sabab bekor qilingunga qadar biz bugun qanday o'ynashimizni ko'rsatib qo'ygandik: himoyada jiddiy xato qildik va Manega gol kiritish uchun ajoyib imkoniyat sovg'a qildik. 

O'yin biz uchun shunday o'tdi. Birinchi bo'limda o'yinni yaxshi tashkil qildik. 

Ikkinchi bo'limda o'zgarishlar qilishga to'g'ri keldi. Garri Keynni yo'qotdik va jamoa o'yini tuzilishini o'zgartirdik. Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridayoq jiddiy xato qilib, ikkinchi to'pni o'tkazib yubordik. Bunga yaxshi javob qilgandik, ammo yana xato evaziga uchinchi golni o'tkazdik. 

Jamoamiz o'z xatolari bilan kurashdi. Xatolarni o'zingiz ko'rdingiz, takroriy vaziyatda yana ko'rishingiz mumkin. Boshqa aytarli gapim yo'q", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC