

Hafta qahrmonlari kimlar bo'ldi? Ular ko'pchilik. Liverpul - Barselona bahsida men Kloppni alohida qayd etgan bo'lardim. Sababi, u haqiqiy yetakchilik qobiliyatini ko'rsatdi. Shuningdek, bahsda asosiy rol o'ynab, tarixiy g'alabaga o'z xissalarini qo'shgan Shakiri va Origini ham ko'rsata olaman. Ikkinchi uchrashuvga keladigan bo'lsak, albatta xet-trik qayd etgan Mourani eng yaxshi bo'ldi deya olaman. Yana futbol chiroyi ham zavq bag'ishladi. Bazida bunday bahslarda barchasi oldindan (2:0dan keyin) aniq bo'ladi. Biroq, bu yerda barchasi boshqacha bo'ldi va bizga fantastik xissiyotlarni taqdim etdi, – deydi Mourinyo.



