Mourinyo - Ibragimovich haqida: "Katta yigitga qo'shimcha tatil mumkin"

Aslanov Jasurbek
29 avg 2016, 14:20
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning ma'lum qilishicha, u hujumchi Zlatan Ibragimovichga bir necha kunlik qo'shimcha tatil taqdim etadi.

"Agar yoshing 34da bo'lsa, tatilsiz qiyin bo'ladi. Mavsum davomida 70 uchrashuv o'tkazib bo'lmaydi. Terma jamoaga chaqirilmagan boshqa yigitlarga ikki kun tatil taqdim etaman. Zlatanga qancha kerak bo'lsa shuncha mumkin. U har bir uchrashuvda to'liq o'ynamoqda. Biz to'rtta bahs o'tkazdik va u 360 daqiqa maydonda bo'ldi. Katta yigitga to'rt kunlik tatil mumkin" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph