Mourinyo: "Chelsi"da yuqori natijalar erishish uchun Sarrida barcha imkoniyatlar bor"

Mirjalol Normatov
2 avg 2018, 23:26
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo hamkasbi Mauricio Sarri haqida gapirdi.

"Sarri bilan tanish emasman. 2008-2010 yillarda A Seriyada ishlaganimda, u bilan to'qnash kelmaganman. Uning jamoalariga qarshi o'ynamaganman, u bilan ko'rishmaganman. Biroq Italiya chempionatini kuzatganimda, uning "Napoli"dagi faoliyati bilan tanishib borganman.

Barcha omadli murabbiylar APLda ishlashni orzu qilishadi. Bu chempionatda kurash har doim o'zgacha. Sarrining qo'l ostida ajoyib jamoa bor, u "Chelsi" bilan ajoyib natijalarga erisha olishi uchun barcha imkoniyatlar bor", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: beIN Sports