Mourinyo: "Chelsi" futbolchisi "Manchester Yunayted"da o'ynamoqchi"

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2017, 14:47
"Chelsi" yarim himoyachisi Nemanya Matich bir ingliz klubini boshqasiga o'zgartirishi mumkin.

Futbolchi "Manchester Yunayted"ga o'tmoqchi, klub ham unga befarq emas.

"Yangiliklarni kutyapman. Matich bizning jamoada o'ynamoqchi ekanligini bilaman. Futbolchi istasa, uning o'tish imkoniyatlari ko'payadi" - deydi Mourinyo.

Oldinroq, mankunianlar kelishuvni yaqin vaqt ichida amalga oshirishi e'lon qilingan edi. Transfer 40 mln. funt evaziga rasmiylashtirilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports