Mourinyo: "Boshqa istalgan ligada MYU chempionlik uchun asosiy da'vogar hisoblanardi"

Tolibjon Qosimov
6 okt 2017, 20:59
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "qizil iblislar"ning joriy mavsum APL chempionligi uchun imkoniyatlari haqida gapirib o'tdi.

"Bu yilgi mavsum biz uchun yomon boshlanmadi, lekin biz qo'yilgan vazifasini bajarmadik. Jamoa chempionatni omadli boshladi, lekin xulosa qilishga hali erta. Boshqa istalgan chempionatda bunday omadli start MYUning oltin medallar uchun asosiy da'vogar ekanligini anglatgan bo'lardi. Ammo, APLda bu falsafa o'tmaydi", - dedi Mourinyo.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Record