Mourinyo APL autsayderini boshqarishga tayyor

Narzulla Saydullayev
25 okt 2024
"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Yevropa ligasi doirasidagi "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsdan (1:1) keyin Turkiya klubidan so'ng qaysi jamoada ishlamoqchi ekanini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik mutaxassisning hozirgi shartnomasi 2026 yilda tugaydi.

"Fenerbaxche"ni tark etganimdan keyin qilishim kerak bo'lgan eng yaxshi ishim, UEFA musobaqalarida o'ynamaydigan klubga o'tish bo'lsa kerak. Agar Angliya premer-ligasida pastki pog'onalarda borayotgan klubga ikki yildan keyin murabbiy kelsa men borishga tayyorman", - dedi Mourinyo.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: eurosport.com