

"Inglizlar tomonidan fikrlasak, Angliya terma jamoasi chorak finalga chiqib, vazifasini uddaladi. Biroq o'yin sifatiga qaraydigan bo'lsak, xursand bo'ladigan narsa yo'q. Angliya anchadan beri chorak finalga chiqa olmagan va endi Shvetsiya bilan, keyin esa Rossiya yoki Xorvatiya bilan o'ynaydi. Ularda finalga chiqish uchun 100%lik imkoniyat bor" - deydi Mourinyo.
Shvetsiya hamda Angliya terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 chorak final uchrashuvi 7 iyul kuni Samaradagi stadionda bo'lib o'tadi.



