Mourinyo: "Agar Angliya terma jamoasining o'yin sifatiga e'tibor bersak, xursand bo'ladigan hech narsa yo'q"

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2018, 11:32
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Angliya terma jamoasining JCH-2018 finaliga chiqish imkoniyatlariga baho berdi.

"Inglizlar tomonidan fikrlasak, Angliya terma jamoasi chorak finalga chiqib, vazifasini uddaladi. Biroq o'yin sifatiga qaraydigan bo'lsak, xursand bo'ladigan narsa yo'q. Angliya anchadan beri chorak finalga chiqa olmagan va endi Shvetsiya bilan, keyin esa Rossiya yoki Xorvatiya bilan o'ynaydi. Ularda finalga chiqish uchun 100%lik imkoniyat bor" - deydi Mourinyo.

Shvetsiya hamda Angliya terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 chorak final uchrashuvi 7 iyul kuni Samaradagi stadionda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RT