

Ushbu kitob Aminovning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan.
Elmar Aminov 50-yillar oxirida O'zbekiston futbol Federatsiyasi prezidenti lavozimida ishlagan, Sobiq Ittifoq futbol Federatsiyasi Prezidiumi a'zosi, Paxtakor jamoasi boshlig'i va 27 yil davomida Jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi rahbari bo'lib ishlagan.
Toshkentdagilar bu kitobni yozishimni juda ko'p bor so'rashgandi. Jiyanim Alisher Aminov barchasini tashkillashtirdi. Ushbu kitob yozilishida yordam bergan barcha do'stlarimga rahmat. Kitob yozilishida menga yordam bergan Gagik Karapetyanga alohida rahmat. Bu kitob faqat faxriylar uchun emas, sportga qiziqqan barcha uchun qiziqarli bo'ladi, - deydi Aminov.
Ushbu taqdimotda Azamat Abduraimov, Marat Kabaev, Andrey Fyodorov, Muhsin Muhammadiev va Aleksandr Tarxanov kabi sobiq futbolchilar ishtirok etishdi.






