

"Barselona" yarim himoyachisi Ilaysh Moriba Ispaniya emas Gvineya termasi sharafini himoya qiladi. Bu haqida Cadena SER nashri xabar bermoqda.
Moriba Gvineya poytaxti Konakri shahrida tavallud topgan. Ispaniya U17 va U19 termalarida 9 ta o'yin o'tkazishga ulgurgan. Ammo, keyinchalik termada o'ynashni xohlamagan. Ispaniya futbol federatsiyasi esa futbolchi va "Barselona" o'rtasida bo'layotgan mojarolar sabab Moribaga qo'llab-quvvatlash mazmunidagi xat jo'natgandi. Ammo, futbolchi deyarli o'z qarorini qabul qilib bo'ldi.
Tez orada, Moriba Gvineya va Bisau termalari o'rtasidagi JCH saralash uchrashuviga chaqirilishi kutilmoqda. Uchrashuv 1 sentyabr kuni o'tkaziladi.


