Morentes Ronalduning "Atletiko"ga o'tishini "g'alati" deb atadi

Aziz Tukhtamuradov
28 iyul 2022
"Real" sobiq hujumchisi Fernando Morentes Ronalduning "Atletiko"ga ehtimoliy transferi haqidagi savolga javob qaytardi.

"Ronalduning "Atletiko"ga o'tishi men uchun g'alati, ammo barcha narsa bo'lishi mumkin. Har qanday holatda ham Ronalduning Ispaniya chempionatiga qaytishini istardim. Futbolchi La Ligadan ketganidan so'ng bu eng zo'r musobaqa ekanligini va qaytishni istayotganini tushunib etadi. Qaytaraman, Ronalduni "Atletiko" libosida ko'rish g'alati bo'ladi. Biroq, men hozir La Liga elchisiman va shuni aytishim mumkinki, agar Krishtianu kelsa xursand bo'lamiz", - dedi Morentes. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: AS