Morata Ispaniyaning Manolo Bakes kafelar tarmog'i rahbariga aylandi. Bitim 60 mln evroga baholanmoqda

Alisher
28 yanv 2024
Alvaro Morata Ispaniyaning Manolo Bakes kafelar tarmog'i egasiga aylandi.

Morata va uning tadbirkor do'sti Pablo Nuno Manolo Bakes'ning akciyalarini 60 mln evro evaziga xarid qilishdi.

Bundan tashqari, "Atletiko" hujumchisi kompaniyaga sarmoya kiritdi, ammo qancha pul yo'naltirgani ma'lum emas.

Manolo Bakes – Ispaniyada kuniga 60 mingdan ortiq miqdorda sotiladigan maxsus "manolitos" kruassanlari bilan mashhur kafelar tarmog'i.

Hozirda mamlakatda 40dan ortiq tarmog'i faoliyat ko'rsatayotgan bo'lsa, yil oxiriga qadar ularning sonini 70taga etkazish rejalashtirilgan.


AlisherMuallif
Manba: Marca