Montellaning o'rniga "Milan"ga kim bosh murabbiy bo'lishi ma'lum

Narzulla Saydullayev
23 okt 2017, 07:42
Milan yaqin orada Vinchenco Montellani iste'foga chiqarishi mumkin, deb xabar bermoqda Corriere dello Sport.

Rahbariyat klubning oxirgi natijalaridan qoniqish hosil qilmayapti. Klub Fiorentina sobiq ustozi Paulu Souza bilan muzokaralarni boshlab yubordi.

Rossonerlar kecha Jenoa bilan durang (0:0) o'ynashdi va A seriyada oxirgi 4ta o'yinda bir ochko olishdi.

9ta turdan so'ng Milan 13 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Corriere dello Sport