Monk: "Mourinyo - taqlid uchun namuna"

Narzulla Saydullayev
12 sen 2014
"Suonsi" ustozi Garri Monk "Chelsi" ustozi Joze Mourinyo haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"O'tgan o'yindan so'ng Mourinyo men bilan so'rashmagandi. Bu oddiy narsa. Ushbu dam olish kunlari men unga albatta qo'l uzataman. Mourinyo - futbol dunyosida eng mashhur murabbiylardan biri. U murabbiylik faoliyatida afsonaga aylanib bo'ldi. Mourinyo doim g'alaba qozonadi va top-klublar bilan yaxshi natijalarga erishadi. Mendek yoshlar uchun Joze taqlid uchun namuna".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru