Monchi: "Manolas? "Roma" yana bir himoyachini sotib olib, hech kimni yo'qotmoqchi emas"

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2017, 17:59
"Roma" sport direktori Ramon Rodriges Monchi jamoa himoyachisi Kostas Manolas boshqa klubga o'tishi mumkinligi haqidagi savollarga javob berdi.

"Manolas jamoadan ketadimi? Har qanday sharoitdam ham "Roma" qiziqishlari doirasida gapiraman. Biz yana bir markaziy himoyachini xarid qilib, tarkibdan hech kimni qo'yib yubormoqchi emasmiz. Jamoa iyulda emas, avgust oxirida tayyor hisoblanadi. Transfer oynasi yopilsa, bizda yaxshi jamoa bo'ladi. Klubni raqobatbardosh qilmoqchimiz" - deydi Monchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia